54-o‘lim: Toshkentda koronavirusga chalingan 69 yoshli bemor vafot etdi

54-o‘lim: Toshkentda koronavirusga chalingan 69 yoshli bemor vafot etdi

Toshkent shahri Bektemir tumanida yashovchi 69 yoshli V.M. joriy yil 8 iyul kuni Toshkent viloyati shifoxonasidan o‘ta og‘ir ahvolda Zangiota tumanidagi ixtisoslashtirilgan ko‘p tarmoqli yuqumli kasalliklar shifoxonasiga o‘tkazilgan.
 
Unga “COVID-19” og‘ir kechishi tashxisi qo‘yilgan. Kasallik o‘tkir nafas va o‘tkir yurak qon-tomir yetishmovchiligi, miokard infarkti asoratlari bilan kechgan.
 
Shifoxonada bemorning davolanishi davomida shifokorlar tomonidan konsultasiya qilingan, davolash jarayoni mutaxassislar tavsiyasi asosida olib borilgan.
 
Biroq shifokorlar tomonidan standartlar asosida o‘tkazilgan reanimasion muolajalarga qaramasdan bemorning ahvoli keskin og‘irlashib, miokard infarkti, o‘tkir yurak qon-tomir va nafas yetishmovchiligidan vafot etdi.   
 
Sog‘liqni saqlash vazirligi  
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!