54 million so‘mlik simob moddasining noqonuniy savdosi "pishmadi"

54 million so‘mlik simob moddasining noqonuniy savdosi "pishmadi"

Har qanday tirik organizmlar uchun yuqori xavfli hisoblanuvchi simob moddasining noqonuniy aylanmasiga qarshi bojxonachilar tomonidan keskin kurash olib borilmoqda.

Bojxona qo‘mitasining xabar berishicha, yaqinda Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi xodimlari tomonidan Toshkent shahri Yashnobod tumani hududida nodir metallar, zaharli moddalar, davlat standartiga muvofiq 8-toifadagi xavfli yuklarga kiruvchi simob va simob birikmalarining noqonuniy aylanuvini oldini olishga qaratilgan tezkor tadbir o‘tkazildi.

Tadbir davomida, yo‘l chetida fuqaro M.M. ning sumkasidagi shisha idish ichida umumiy qiymati salkam 54 million so‘mlik 2 kg. simob moddasini “shartli xaridor”ga sotayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan to‘xtatib qolindi.

Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!