5 martda Erdo‘g‘an Putin bilan Kremlda uchrashadi

5 martda Erdo‘g‘an Putin bilan Kremlda uchrashadi

Turkiya prezidenti Rajab Tayyip Erdo‘g‘an 5 mart kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan Moskvada uchrashadi. Bu haqda Putinning matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma’lum qildi, deb xabar bermoqda Gazeta.ru.

Matbuot kotibiga ko‘ra, ikki davlat vakillari Moskvada Idlibdagi vaziyat va Sochi shartnomasi bajarilishi yuzasidan so‘zlashishadi.

Eslatib o‘tamiz, Idlibning shimoliy-g‘arbida Suriya hukumat kuchlari tomonidan uyushtirilgan havo hujumi natijasida kamida 33 nafar turk askari halok bo‘lgandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!