32 soniyadagi o‘g‘rilik...

32 soniyadagi o‘g‘rilik...

32 soniyada Salvador Dalining oforti o‘g‘irlandi. San-Fransiskoda mahalliy ko‘rgazma saroyidan mashhur rangli ofort o‘g‘irlangan. Bu haqida VVC xabar bermoqda.

Qizig‘i shundaki, sur’atni kuppa kunduz kuni 32 soniyada olib chiqib ketishgan. Surat kichkina emas, hajmi 50 ga 60 sm. E’tiborni tortadigan tarafi shuki, o‘g‘rilik sodir bo‘layotgan paytda surat dastgohga zanjir bilan mustahkamlangan bo‘lishi kerak edi. Ammo surat himoya qilinmagan ekan. O‘g‘rilikni oddiy sport kiyimida ko‘rgazmaga kirgan inson sodir etgani tashqi kameralar orqali aniqlangan.

Manba: zamin. uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!