30 noyabr – Kimyoviy qurollar qurbonlarini xotirlash kuni

 30 noyabr – Kimyoviy qurollar qurbonlarini xotirlash kuni

1993 yilda BMT tomonidan Kimyoviy qurollarni ishlab chiqarish, qayta ishlash, to‘plash va qo‘llash hamda ularni yo‘qotish bo‘yicha Konvensiya qabul qilingan va u 1997 yil 29 aprel kuni kuchga kirgan. 

Mazkur konvensiyada insoniyat manfaatlarini hisobga olgan holda, kimyoviy qurollardan butunlay voz kechishga qaror qilingan. Ushbu hujjatga asosan, Kimyoviy qurollarni taqiqlash tashkiloti ta’sis etilgan.

2015 yil 30 noyabr kuni Konvensiyaga a’zo davlatlar Konferensiyasi 20-sessiyasining ochilishida ushbu kunni Kimyoviy qurollar qurbonlarini xotirlash kuni sifatida nishonlash taklif etilgan.
 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!