27:0 hisobida yutgan jamoa murabbiyi ishdan bo‘shatildi

27:0 hisobida yutgan jamoa murabbiyi ishdan bo‘shatildi

«Inviktasauro» yoshlar jamoasi murabbiyi «Marina Kalcho» jamoasini 27:0 hisobida mag‘lub etgani uchun ishdan bo‘shatildi.

Italiya quyi dviziyasida to‘p suradigan klub prezidenti Paolo Brogellining fikricha, bunday g‘alaba raqibga nisbatan hurmatsizlik hisoblanadi.

— Bu yoshlar futboli qadriyatlariga mos kelmaydi. Raqibni hamisha hurmat qilish kerak, lekin bunday bo‘lmadi. Bizning direktorlarimiz bir ovozdan murabbiyni ishdan bo‘shatishga qaror qilishdi, — deya Brogellining so‘zlarini keltiradi «Football Italia».

Shuningdek, u mag‘lub bo‘lgan jamoadan uzr so‘radi.​

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!