21 noyabr statistikasi: O‘zbekistonda koronavirusdan davolanayotgan 57 nafar bemorning ahvoli o‘ta og‘ir

21 noyabr statistikasi: O‘zbekistonda koronavirusdan davolanayotgan 57 nafar bemorning ahvoli o‘ta og‘ir

2020 yil 21 noyabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 71 478 (+198) nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining:
📌3 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
📌16 nafari Andijon viloyatida,
📌9 nafari Buxoro viloyatida,
📌3 nafari Jizzax viloyatida,
📌5 nafari Qashqadaryo viloyatida,
📌5 nafari Samarqand viloyatida,
📌 48 nafari Toshkent viloyatida,
📌109 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shu kunga qadar 603 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

♻️ Kecha kun davomida:
📌Qoraqalpog‘iston Respublikasida 3 nafar,
📌Jizzax viloyatida 5 nafar,  
📌Qashqadaryo viloyatida 12 nafar,  
📌 Samarqand viloyatida 6 nafar, 
📌Toshkent viloyatida 51 nafar, 
📌Toshkent shahrida 109 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 68711 (+186) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 96 foizni tashkil qilmoqda.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 2164 nafar bemordan 217 nafari og‘ir, 57 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda. 

Sog‘liqni saqlash vazirligi 
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!