2021 yilda Hindiston va Xitoy rahbarlarining O‘zbekistonga kelishi kutilyapti

2021 yilda Hindiston va Xitoy rahbarlarining O‘zbekistonga kelishi kutilyapti

2021 yilda O‘zbekistonga Xitoy Xalq Respublikasi rahbariyati va Hindiston Bosh vaziri Narendra Modi tashrif buyurishi kutilyapti. Bu haqda Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Furqat Siddiqov brifingda ma’lum qildi.

“2021 yilda faqat oliy darajada emas, har tomonlama tashriflarni rejalashtirganmiz. Ammo biz va hamkorlarimiz ham pandemiya sharoitini inobatga olishga majburmiz. Rejamizda mintaqaga oid tashriflar bor. Bundan tashqari, Xitoy rahbariyati va Hindiston Bosh vaziri Narendra Modining tashrifi ham mo‘ljallangan”, dedi Furqat Siddiqov.

Vazir o‘rinbosari joriy yilda O‘zbekiston “Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy o‘zaro bog‘liqlik. Tahdidlar va imkoniyatlar” mavzusida xalqaro konferensiyaga mezbonlik qilishini ham ma’lum qildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!