2018 yilda namoyishi ta’qiqlangan 139 film

2018 yilda namoyishi ta’qiqlangan 139 film

2018 yilda namoyish etilishi ta’qiqlangan 139 film va seriallar to‘g‘risida Ukraina Davlat kino agentligi vakili Filipp Ilyenko ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, mazkur ta’qiqqa filmlarning Ukrainaning Kinematografiya to‘g‘risidagi qonuniga javob bermasligi sabab qilib ko‘rsatilgan.

Ilyenko bergan ma’lumotga ko‘ra, 2014 yilda Ukrainada asosan Rossiyada yaratilgan 778 film va seriallar ta’qiqlangan edi.

Ma’lumotga ko‘ra, ta’qiqlangan filmlar ro‘yxatiga 17-raqamli afsona , Tungi tomosha va Kunduzgi tomosha , Katta shahardagi muhabbat - 2 , rus seriallaridan Shtrafbat , Mayor Pugachevaning so‘nggi jangi , Kirishda - qo‘rqma, chiqishda - yig‘lama kabilar kiritilgan.

life.ru


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!