11 sentyabrdagi teraktdan omon qolgan amerikalik, baribir, o‘ldi

11 sentyabrdagi teraktdan omon qolgan amerikalik, baribir, o‘ldi

Nayrobidagi mehmonxonaga uyushtirilgan hujum natijasida qurbon bo‘lganlardan bir 2001 yil 11 sentyabrda Nyu-Yorkdagi egizak minoralarga uyushtirilgan terrorchilik hujumidan omon qolgan amerikalik tadbirkor edi.

Eng dahshatlisi, Jeyson Spindler tug‘ilgan kunida vafot etdi. Bu haqda The Sun xabar bermoqda.

AQSh fuqarosi besh yil oldin Keniyaga ko‘chib kelgandi va o‘limi kuni 15 yanvarda 41 yoshga to‘lgandi.

Spindler to‘rtta qurolli jangarlar binoga kirib kelganlarida mehmonxonaning restoranida ovqatlanayotgan bo‘lgan.

Somalidagi Al-Shabab terroristik guruhi Nayrobidagi mehmonxona va ofis kompleksiga qilingan hujum uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga oldi. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, terroristik hujum natijasida 21 kishi halok bo‘lgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!