10 yil o‘tib Toshkent hayvonot bog‘ida Buxoro bug‘ulari paydo bo‘ldi

10 yil o‘tib Toshkent hayvonot bog‘ida Buxoro bug‘ulari paydo bo‘ldi

Poytaxt hayvonot bog‘iga 10 yillik tanaffusdan so‘ng Zarafshon milliy tabiat qo‘riqxonasidan Buxoro bug‘ulari keltirildi.

Buxoro bug‘usi (xongul) Xalqaro va O‘zbekiston “Qizil kitobi”ga kiritilgan. Surxondaryo viloyati, Payg‘ambar oroli va Amudaryo to‘qayzorlarida umumiy hisobda 60-70 boshni tashkil etishi taxmin qilinadi.

Yo‘q bo‘lib ketayotgan bu tur muhofazaga olingan va jonivorlarni ovlash taqiqlangan. Tanasi 78—86 sm, bo‘yi 56—60 sm, og‘irligi 75— 100 kg. To‘q kulrang, yelkasida qoramtir yo‘llari bor. Shoxlari butoqli. 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!