1 sinf o‘quvchisi ustozining jazosidan qo‘rqib hushidan ketib qolgan vaziyat bo‘yicha tekshiruv harakatlari boshlandi

1 sinf o‘quvchisi ustozining jazosidan qo‘rqib hushidan ketib qolgan vaziyat bo‘yicha tekshiruv harakatlari boshlandi

Paxtakor tumanidagi 9-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida sodir bo‘lgan hodisa yuzasidan ichki ishlar organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari o‘tkazilmoqda.

Aniqlanishicha, 1-sinf rahbari S.S. (ayol) imtihon olgan vaqtida, qoniqarsiz baho olgan o‘quvchilarni doska yoniga chiqarib, ularga tanbeh bergan vaqtida, shu sinf o‘quvchisi o‘zini tuta olmasdan yiqilib tushgan.

Tekshiruv harakatlari Jizzax viloyati prokuraturasi tomonidan nazoratga olingan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!