1 oy oldingi ogohlantirish: Koreyada jamoat joylarda maska taqmaganlar katta miqdorda jarima to‘laydi

1 oy oldingi ogohlantirish: Koreyada jamoat joylarda maska taqmaganlar katta miqdorda jarima to‘laydi

13 noyabrdan boshlab Koreyada jamoat joylarda maska taqmaganlik uchun 100,000 von miqdorda jarima qo‘llaniladi. Bu haqda Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi rasmiy kanalida xabar qilinmoqda.

Jarima quyidagi hollarda qo‘llanadi:

– Jamoat joylarda maska taqmay yurganlarga;

– Maskasi boru, lekin to‘liq taqilmaganda (masalan, burun ochiq bo‘lsa yoki pastga tushirib qo‘yilganda);

– Maskaning o‘rniga boshqa narsa taqilganda (masalan, sharf yoki ro‘molchaga o‘xshash)

– Virusni qaytarmaydigan turli qo‘lbola maskalar taqilganda.

Quyidagi hollarda qo‘llanmaydi:

– 14 yoshga to‘lmaganlar uchun;

– Kasallik holati sababli maska taqish mumkin bo‘lmagan holatda

13 oktyabrdan boshlab bir oy davomida ushbu jarima kuchga kirganini odamlarga yetkazish uchun bir oy imtiyozli muddat beriladi. Shundan keyin jarima rasman qo‘llanila boshlanadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!