Zinedin Zidan Jazoir terma jamoasidan taklif oldi

Zinedin Zidan Jazoir terma jamoasidan taklif oldi

“Real” sobiq bosh murabbiyi Zinedin Zidan Jazoir terma jamoasidan taklif oldi.

L’Equipe nashrining xabariga ko‘ra, federasiya rahbariyati Jamal Belmadi bilan shartnomani bekor qilganidan so‘ng, fransiyalik mutaxassisga e’tiborini qaratgan.

Zidan bu taklifni rad etgan. Biroq, Jazoir Zinedinni ko‘ndirishga umid qilmoqda.

Vakilllar dam olish kuni ham 51 yoshli murabbiy bilan muzokaralarni davom ettirmoqchi.

Zidanning o‘ziga bu g‘oya yoqmayotgan bo‘lsa ham, unga yaqinlari tomonidan “bosim” bo‘lmoqda va ular bu taklifni o‘ylab ko‘rish shartligini ta’kidlamoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!