Zelenskiy Ukraina Qrimdagi aerodromga qilingan hujumga aloqador ekanini bildirdi

Zelenskiy Ukraina Qrimdagi aerodromga qilingan hujumga aloqador ekanini bildirdi

Ukraina Qurolli kuchlari Rossiyaning Jankoydagi harbiy ob’ektiga zarba berdi, nishon aerodrom bo‘lgan, deya ma’lum qildi Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy o‘z Telegram-kanalida.

Qrim hukumati va Rossiya Mudofaa vazirligi Jankoydagi harbiy aerodromga berilgan zarba haqida xabar qilmadi. 17 aprel kuni ertalab Qrimdagi Pobednoye qishlog‘i yaqinidagi Jankoy—Feodosiya avtomobil yo‘lining bir qismi yopib qo‘yildi, ammo sabablar ochiqlanmadi. Ushbu qishloq Jankoyga yaqin bo‘lib, shahar bilan uning o‘rtasida harbiy aerodrom joylashgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!