Zangiotadagi kasalxonada ayol Milliy gvardiya xodimini haqorat qildi. Surishtiruv olib borilmoqda

Zangiotadagi kasalxonada ayol Milliy gvardiya xodimini haqorat qildi. Surishtiruv olib borilmoqda

Joriy yilning 2 avgust kuni “Telegramm” mesenjerining “O‘zbekiston.uz rasmiy kanali”da, “Mana Zangiota COVID markazidagi ahvol” nomli videotasvir tarqatilgan. Ushbu videotasvirdagi holat Milliy gvardiya mas’ul xodimlari tomonidan o‘rganildi va quyidagilar ma’lum bo‘ldi.

2 avgust kuni soat 23.00 larda fuqaro Elmuradova Zamira Soliyevna onasi L.E.ni Zangiota tumani ko‘p tarmoqli yuqumli kasalliklar shifoxonasiga (Zangiota-2) yotqizish uchun olib kelgan.

Ushbu kasalxona nazorat o‘tish joyida xizmat olib borayotgan Qo‘riqlash xizmati xodimlari tomonidan navbatchi shifokorga xabar berilgan.

Navbatchi shifokor chiqquniga qadar fuqaro Z.Elmuradova shifoxona xavfsizligini ta’minlash va jamoat tartibini saqlash bo‘yicha xizmat vazifasini bajarayotgan Qo‘riqlash bo‘linmasi xodimlariga nisbatan haqoratli so‘zlar ishlatib, ularni sha’ni va qadr-qimmatini kamsitgan holda xizmat vazifasini bajarishlariga to‘sqinlik qilgan. Shuningdek, atrofdagilar e’tiborini o‘ziga jalb qilib janjal keltirib chiqarishga harakat qilgan va shifoxonaning taqiqlangan hududiga kirmoqchi bo‘lgan. (Ushbu hatti-xarakatlar tarqatilgan videotasvirda aks ettirilgan).

Keyinchalik shifoxonada bo‘sh joy yuzaga kelishi bilan boshqa bemorlar qatori Z.Elmuradovaning onasi ham navbat bilan ushbu shifoxonaga yotqizilgan.

Shuni ta’kidlash joizki, mazkur muassasaga kelgan barcha bemorlar shifoxonadagi mavjud bo‘sh joylardan kelib chiqgan holda qabul qilinishi va joylashtirilishi yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, bunda kasallarni qabul qilishda sub’ektiv omillarga yo‘l qo‘yilmaydi.

Fuqaro Z.Elmuradovaning hatti-harakatlarida ma’muriy huquqbuzarliklar sodir etilganligi sababli, hozirda Toshkent viloyati Zangiota tumani ichki ishlar boshqarmasi tomonidan ushbu holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda. Surishtiruv yakuni bo‘yicha to‘plangan hujjatlar qonuniy qaror qabul qilish uchun sud idoralariga taqdim etiladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!