Yuzlab o‘zbekistonliklar 16 martdan buyon Istanbul aeroportida qolmoqda. Ularga kimdir yordam beradimi?

Yuzlab o‘zbekistonliklar 16 martdan buyon Istanbul aeroportida qolmoqda. Ularga kimdir yordam beradimi?

Yuzlab o‘zbekistonliklar 16 martdan buyon Istanbul aeroportida qolmoqda. Ularga kimdir yordam beradimi?

Bu savolga Tashqi ishlar vaziri maslahatchisi Jahongir Xidayxodjayev javob berdi.

Tashqi ishlar vazirligi Operativ shtabi Istanbul xalqaro aeroportida favqulodda choralar joriy etilishi natijasida qolib ketishga majbur bo‘lgan fuqarolarimizning murojaatlari monitoringini olib bormoqda.

Turkiya Respublikasidagi diplomatik vakolatxonalarimizga fuqarolarimizni ikki marta ovqat bilan ta’minlash, ular duch kelgan boshqa sanitar va maishiy masalalarni tezkorlik bilan hal qilish vazifalari qo‘yildi.

Turkiya Respublikasining vakolatli idoralari bilan fuqarolarimizni olib chiqish uchun charter reyslarini tashkillashtirish bo‘yicha muzokaralar olib borildi. Natijada 21 mart kuni shunday charter reyslarning birinchisi amalga oshirildi. Tez orada keyingi reyslar ham tashkillashtiriladi.  

Hozirda “Toshkent-Istanbul-Toshkent” yo‘nalishida uchadigan muntazam charter reyslarini tashkillashtirish masalasi hal qilinmoqda, dedi u.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!