Yuvinish xonasida jasadi topilgan ayollar: qo‘shimcha tafsilotlar ma’lum bo‘ldi

Yuvinish xonasida jasadi topilgan ayollar: qo‘shimcha tafsilotlar ma’lum bo‘ldi

Oldinroq Moskvadagi kvartiralardan birining yuvinish xonasida ikki nafar ayolning jasadi va 3 yashar bolakay topilgani haqida xabar bergandik. Ma’lumotlarga ko‘ra, o‘lgan ayollardan birining ismi Yekaterina bo‘lgan.

Fojia sodir bo‘lgan kuni Irina Gennadyevna eri bilan dachada bo‘lgan. Aslida, uning qizi ham dugonasi bilan dachaga borishi kerak edi, ammo ular uyda qolishadi.

Oradan ma’lum vaqt o‘tgach, o‘g‘li Irinaga qo‘shnilarning shikoyat qilayotganini yetkazadi. Bu paytda oila Irinaning qizi Yekaterina hamda uning dugonasining o‘lganini bilishmasdi. Bu haqda keyin, polisiya kvartira eshigini buzib ichkariga kirishgach, xabar topishadi.

Ikkinchi marhumaning ismi Inna. Ayollarning o‘limiga zaharlanish sabab qilib ko‘rsatilyapti. Oldinroq ortiqcha miqdorda qabul qilingan modda sabab deyilgandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!