“YouTube” akkauntini o‘g‘irlagan 17 yoshli yigitcha qo‘lga olindi

“YouTube” akkauntini o‘g‘irlagan 17 yoshli yigitcha qo‘lga olindi



Farg‘ona viloyati, Qo‘qon tumanida yashovchi 20 yoshli G‘.A. murojaat qilib, o‘z arizasida “Telegram” messenjerida noma’lum shaxs tomonidan 2.500.000 so‘m miqdoridagi pul mablag‘lari firibgarlik yo‘li bilan o‘zlashtirilganligini ma’lum qilgan.

Tezkor-qidiruv xizmati Kiberxavfsizlik bo‘linmalari tomonidan o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, ushbu jinoyatni Farg‘ona viloyati, O‘zbekiston tumanida yashovchi 17 yoshli T.M. sodir etganligi aniqlandi.

Unga ko‘ra, T.M., G‘.A. bilan “Telegram” messenjerida tanishib, uning “YouTube” videoxostingidagi akkauntini 2,5 mln.ga sotib olishini aytib uni aldab, ushbu akkauntni boshqarish imkoniyatini qo‘lga kiritgandan so‘ng login va parolni o‘zgartirib, G‘.A. bilan yozishmalarni o‘chirib yuborgan va uni qora ro‘yxatga kirgazib qo‘yganligi ma’lum bo‘ldi.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 3-qismi "b,g" bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, T.M.ning sodir etilib fosh etilmay qolgan boshqa shu turdagi jinoyatlarga aloqadorligini tekshirish yuzasidan tezkor-surishtiruv ishlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!