Yosh qilichbozlarimiz jahon chempionatlaridagi eng yaxshi natijalarini ko‘rsatishdi

Yosh qilichbozlarimiz jahon chempionatlaridagi eng yaxshi natijalarini ko‘rsatishdi

12-21 aprel kunlari Saudiya Arabistoni mezbonlik qilgan qilichbozlik bo‘yicha o‘smirlar va yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionati o‘z yakuniga yetdi. Unda ishtirok etgan O‘zbekiston terma jamoasi 1 ta oltin, 1 ta kumush va 2 ta bronza, jami 4 ta medalga sazovor bo‘ldi.

Qayd etish joiz, bu yangi davrni boshlagan o‘zbek qilichbozlarining jahon chempionatlarida qayd etgan eng yaxshi natijasi bo‘ldi. Endi asosi yoshlar jamoasidan iborat sportchilarimiz 27-28-aprel kunlari BAAning Fujayra shahrida o‘tadigan Parij-2024 lisenzion turnirida ishtirok etishadi. Jahon chempionati qahramonlarini eslab o‘tamiz:

🥇 Oltin medal:
Sardor Abdukarimbekov (sablya, o‘smilar)

🥈 Kumush medal:
Alpamis Urakbayev (sablya, o‘smirlar)

🥉 Bronza medal:
Fernanda Errera (sablya, yoshlar)
Nargiza Jaksibayeva (sablya, o‘smirlar)


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!