Yaponiyaning yangi Bosh Vaziri oktyabrda Pompeo bilan uchrashadi

Yaponiyaning yangi Bosh Vaziri oktyabrda Pompeo bilan uchrashadi

Yaponiyaning yangi Bosh Vaziri Yosihide Suga oktyabr oyining boshida Tokioda AQSh davlat kotibi Mayk Pompeo bilan bo‘ladigan uchrashuvga tayyorlanmoqda. Bu Suganing Yaponiya yetakchisi sifatidagi birinchi oliy darajadagi uchrashuvi bo‘ladi. Bu haqda NHK xabar tarqatdi.

NHKning ma’lumotlariga ko‘ra, Mayk Pompeo keyingi oyda Tokioga kelib, Yaponiya, Avstraliya va Hindistonning Tashqi ishlar vazirlari bilan uchrashadi. Mazkur ushrashuvda tomonlar COVID-19 ga qarshi kurashda hamkorlikni muhokama qilishlari kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Yaponiyani eng uzoq muddat boshqargan Sindzo Abe sog‘ligi yomonlashgani uchun muddatidan avval iste’foga chiqqandi. 14 sentyabrdagi saylovdan keyin Abening o‘rnini Yosihide Suga egalladi


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!