Yaponiyadagi kuchli zilzila AESga qanchalik ta’sir etishi aytildi

Yaponiyadagi kuchli zilzila AESga qanchalik ta’sir etishi aytildi

Payshanba kuni Yaponiya poytaxtida sodir bo‘lgan 5,9 magnitudali zilziladan zarar ko‘rganlar soni 32 kishiga yetdi, deb xabar bergan mamlakat ma’muriy ishlar va kommunikasiyalar vazirligi huzuridagi yong‘in va tabiiy ofatlarga qarshi kurash agentligi.
Qurbonlarning ko‘pchiligi zilzila paytida yiqilish natijasida turli darajada tan jarohatlari olgani, biroq uch kishining ahvoli og‘ir ekani aytilmoqda. Eng ko‘p qurbonlar (11 kishidan) Tokioga tutash Saytama va Chiba prefekturalariga to‘g‘ri keladi.
Hozirgi vaqtga kelib, poytaxt temir yo‘llarining ko‘p qismida transport harakati tiklangan.
Dastlab zilzilaning kuchi 6,1 ball deyilgan, biroq keyinchalik Milliy meteorologiya boshqarmasi ma’lumotni to‘g‘rilagan. Zilzila episentri Tokio va Chiba prefekturalari chegarasida 75 km chuqurlikda joylashgan. Sunami xavfi e’lon qilinmagan, biroq mahalliy seysmologlar kuchli zilzilalar takrorlanishi ehtimoli haqida ogohlantirmoqda.
Tabiiy ofat natijasida Yaponiya yadroviy inshootlarida g‘ayritabiiy holatlar qayd etilmagan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!