Yaponiyada Fudzi tog‘i ko‘rinishini to‘sib qo‘ygan 10 qavatli bino buziladi

Yaponiyada Fudzi tog‘i ko‘rinishini to‘sib qo‘ygan 10 qavatli bino buziladi

Tokio g‘arbida deyarli qurib bitkazilgan 10 qavatli kondominium binosi mahalliy aholi Fudzi tog‘i ko‘rinishini to‘sib qo‘yganidan shikoyat qilganidan keyin buzib tashlanadi. Bu haqda mahalliy OAV xabar bermoqda.

Shahar rasmiylarining aytishicha, ushbu binoni qurgan kompaniya ularni 4-iyun kuni loyihani to‘xtatish haqidagi qarori to‘g‘risida xabardor qilgan.

Intervyuda kompaniya vakili "loyihaning atrofdagi hudud va landshaftga ta’sirini yetarlicha hisobga olmagani" uchun bino buzilayotganini aytdi.

Kondominium qurilishi deyarli boshidanoq qizg‘in bahs-munozaralarga sabab bo‘ldi. Shahar aholisi binoning 3776 metr balandlikdagi Fudzi tog‘i manzarasiga, shuningdek, yaqin atrofdagi turar-joylarga quyosh nuriga ta’siri haqida bir necha bor xavotir bildirishgan.

Mahalliy aholining bildirishicha, kutilmaganda kompaniya binoni buzishga qaror qildi.

Ma’lumot o‘rnida, "Grand Maison Kunitachi Fujimi Dori" turar-joy majmuasida 18 ta kvartira bor, ularning aksariyati taxminan 450-500 ming dollarga (≈₽40-45 million) sotilgan. Barcha xaridorlar pulni qaytarib olishadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!