Yangiyer shahrida o‘smir yigitlardan biri ikkinchisiga do‘q urib, uni tiz cho‘ktirmoqchi bo‘ldimi? (video)

Yangiyer shahrida o‘smir yigitlardan biri ikkinchisiga do‘q urib, uni tiz cho‘ktirmoqchi bo‘ldimi? (video)

Bugun, 2-mart kuni «Sirdaryo Xabarlari»da e’lon qilingan "Diqqat: Yangiyer shahrida ko‘cha zo‘rovonlari paydo bo‘ldimi?! Ijtimoiy tarmoqlarda o‘smir yigitlardan biri — ikkinchisiga do‘q urib, uni tiz cho‘ktirganligi aks etgan video tarqaldi" nomi ostida yoritilgan videoxabarimiz yuzasidan Yangiyer shahar hokimligi Axborot xizmati tomonidan rasmiy munosabat bildirildi.

Munosabatga ko‘ra ushbu videolavhadagi maktab yoshida bo‘lgan o‘spirin yigitlar Yangiyer shahar 1-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabining 9-sinf o‘quvchisi B.X. va uning tanishi bo‘lgan, Yangiyer shahrida yashovchi Xovos tuman 1-sonli kasb-hunar maktabining birinchi bosqich o‘quvchisi S.Z.lar, Yangiyer shahar 5-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabining 9-sinf o‘quvchisi N.SH. ni tiz cho‘kib o‘tirishga majburlagani lavhada aks etgan.

B.X, S.Z va N.Shlar ushbu videolavhani Yangiyer shahar 1-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi 7-sinf o‘quvchisi J.A.ga B.X.ning mobil telefon orqali tasvirga olishi, so‘ngra hazil tariqasida obunachi yig‘ish maqsadida lavhani ijtimoiy tarmoqlarda "TikTok"da joylashtirish maqsadida amalga oshirilganligini bildirdi.

Hozirda ushbu voyaga yetmaganlardan ularning ota-onalari va maktab direktorlari ishtirokida Yangiyer shahar hokimligi Voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha idoralararo komissiyasi mas’ul kotibi va Yoshlar ittifoqi Yangiyer shahar Kengashi raisi bilan hamkorlikda tushuntirish xatlari olinib, ularga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 47-moddasi asosida ma’muriy ish hujjatlari rasmiylashtirilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!