Yaman — koronavirusdan o‘lim darajasi eng yuqori mamlakat  

Yaman — koronavirusdan o‘lim darajasi eng yuqori mamlakat  

BMT bosh kotibi Antoniu Guterresh Yamanda dunyo bo‘yicha koronavirusdan o‘lim darajasi eng yuqori ekanini ma’lum qildi.

Adan shahrining o‘zida koronavirusga chalinganlarning 70 foizi vafot etmoqda. Mamlakat bo‘ylab esa koronavirusdan o‘lim darajasi 17 foizga baholanmoqda.

Bosh kotib Yamandagi vaziyatni fojiali deb atadi. U xalqaro hamjamiyatni Yamanga zaruriy ko‘mak va moliyaviy yordam ko‘rsatishga chaqirgan.  “Yaqinda badallar e’lon qilish bo‘yicha anjuman bo‘lib o‘tadi va xalqaro hamjamiyat Yaman xalqi bilan to‘liq birdamlik ko‘rsatib, taqdim qilingan arizani to‘liq moliyalashtiradi, deb umid qilaman”, deb aytgan Guterresh.

Oxirgi ma’lumotlarga ko‘ra, mamlakatda koronavirusga chalinganlar soni 278 nafarni, undan vafot etganlar 57 nafarni tashkil qilmoqda.  


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!