Xorijga ishga jo‘natishni va’da qilgan firibgar ushlandi

Xorijga ishga jo‘natishni va’da qilgan firibgar ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Namangan viloyat boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro J.A. boshqa fuqaro G‘.ni tanishlari orqali 3 000 AQSh dollari evaziga Germaniya davlatiga ishga jo‘natishini aytib, oldindan 500 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!