Xorij fuqarolari 14 000 AQSh dollarini noqonuniy olib o‘tmoqchi bo‘ldi

Xorij fuqarolari 14 000 AQSh dollarini noqonuniy olib o‘tmoqchi bo‘ldi

Joriy yilning 25 iyul kuni soat 18:40 larda “Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroporti” chegara-bojxona posti xodimlari tomonidan AXX xodimlari bilan hamkorlikda “Toshkent-Almata” yo‘nalishi bo‘yicha uchib ketayotgan, chet el fuqarosiga tegishli bo‘lgan 1 dona qora rangli hamyon tegishli tartibda ko‘zdan kechirildi. Hamyon ichidan bojxona nazoratiga belgilangan tartibda taqdim etilmagan, og‘zaki so‘rovda ma’lum qilinmagan, olib chiqish me’yoridan ortiq bo‘lgan 7100 AQSh dollari (bugungi kundagi qiymati 89 mln 701 ming so‘m) borligi aniqlandi.

Shuningdek, xuddi shu reys bilan uchib ketayotgan xorij fuqarosining qora rangli hamyoni hamda shimining cho‘ntagidan bojxona nazoratiga belgilangan tartibda taqdim etilmagan, og‘zaki so‘rovda aytilmagan, olib chiqish me’yoridan ortiq bo‘lgan 7100 AQSh dollari (bugungi kundagi qiymati 89 mln 701 ming so‘m) borligi aniqlandi.

Hozirda ushbu holatlar yuzasidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!