Xorazmda maktab o‘quvchisini zo‘rlagan va homilador qilgan erkak qo‘lga olindi

Xorazmda maktab o‘quvchisini zo‘rlagan va homilador qilgan erkak qo‘lga olindi

Shovot tumanining 9-sinf o‘quvchisining homilador bo‘lgani ma’lum bo‘lgach, uni bu ahvolga solgan kishini qidiruv ishlari boshlangan.

14 yashar qiz homiladorligida gumon qilinib, yangibozorlik 43 yoshli shaxs qo‘lga olingani aytilmoqda.

Huquq tartibot xodimlari tomonidan qo‘lga olingan bu shaxs Damas avtomashinasida haydovchilik qilishi ma’lum bo‘lgan.

“7news.uz”ning ishonchli manbasi xabariga ko‘ra, qo‘lga olingan erkakka nisbatan hozirda O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 128-moddasiga binoan jinoyat ishi ochilgan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, qo‘lga olingan ikki farzandning otasi haydovchilik davomida qizni bir manzildan boshqasiga olib borib qo‘ygan hamda ana shu vaqtda tanishib, qiz bilan yaqinlik qilgan.

Eslatib o‘tamiz, 4 yil avval Shovot tumani Buyrachi qishlog‘ida 13 yoshli qizning o‘z akasidan homilador bo‘lganiga oid gap-so‘zlar anchagina vaqt shov-shuvga sabab bo‘lgan edi.

Manba: 7news.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!