Xitoyda kimyo zavodi portladi. To‘rt kishi halok bo‘ldi

Xitoyda kimyo zavodi portladi. To‘rt kishi halok bo‘ldi

Xitoy shimolidagi Ichki Mo‘g‘uliston muxtoriyatidagi kimyo zavodida ro‘y bergan portlashda to‘rt kishi halok bo‘ldi, uch kishi jarohatlandi, deb xabar berdi Xitoy markaziy televideniyesi shanba kuni.

Portlash juma kuni mahalliy vaqt bilan taxminan 23.00da (Toshkent vaqti bilan 20.00) Alashan provinsiyasidagi Bain Aobao sanoat parkidagi Chjonggao kimyo zavodida sodir bo‘lgan.

Yong‘in 23.50da (Toshkent vaqti bilan 20.50) o‘chirildi, barcha jabrlanganlarga tibbiy yordam ko‘rsatildi, bittasining ahvoli og‘ir, ikkitasi yengil tan jarohatlari oldi.

Yong‘in sabablari hozircha aniqlanmagan, tergov harakatlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!