Xitoy yil oxiriga qadar 600 million dozadan ortiq COVID-19 vaksinasi ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda

Xitoy yil oxiriga qadar 600 million dozadan ortiq COVID-19 vaksinasi ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda

Xitoy hukumati 2020 yil oxiriga qadar taxminan 610 million, 2021 yilda esa 1 milliarddan ortiq koronavirus vaksinasini ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda.

Bu haqda XXR Sog‘liqni saqlash davlat qo‘mitasi vakili bayonot berdi.

“Bizning hozirgi hisob-kitoblarimizga ko‘ra, joriy yil oxiriga qadar 610 million dozada vaksina ishlab chiqariladi. Bu joriy yil uchun, kelgusi yilda bu ko‘rsatkich 1 milliard dozani tashkil qilishi mumkin”, - dedi qo‘mita vakili

Avvalroq, XXR rasmiylarining koronavirusga qarshi Xitoy vaksinasini shu yil oxirigacha bozorga chiqarishni niyat qilgani ma’lum bo‘lgan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!