Xitoy koronavirusga qarshi o‘z vaksinalarining samaradorligi pastligini tan oldi

Xitoy koronavirusga qarshi o‘z vaksinalarining samaradorligi pastligini tan oldi

Xitoyning kasalliklar tarqalishini nazorat qilish markazi Xitoyda koronavirusga qarshi ishlab chiqilgan vaksinalarning samaradorligi pastligini tan oldi. Bu haqda markaz direktori Gao Fuga tayanib The New York Post nashri xabar berdi

Gao Fu nashrga bergan intervyusida Xitoy vaksinalarining samaradorligi pastligini tan olgan.

«Hozirda emlash uchun turli vaksinalarni qo‘llash variantini o‘rganmoqdamiz», — deb aytgan xitoylik mutaxassis.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Xitoyning keng qo‘llanayotgan Sinovac kompaniyasi vaksinasi samaradorligi 50 foizdan sal ko‘proqni tashkil qiladi. Bu orada xorijiy vaksinalar ancha yuqoriroq samaradorlikka ega.

Bundan tashqari, Xitoy o‘z hududida xorijiy vaksinalarni qo‘llashga ruxsat bermagan. Biroq mamlakatda mahalliy vaksinalar past samarali bo‘lsa-da, ular bilan ommaviy emlash davom etmoqda. Rasmiy Pekinning ta’kidlashicha, yoz o‘rtasigacha mamlakatning bir milliarddan ko‘proq aholisi koronavirusga qarshi emlanadi.

Xitoylik mutaxassislar turli vaksinalarni qo‘llash tajribasidan foydalanishlari mumkinligini istisno etishmayapti. Ayni vaqtda dunyoda emlash samaradorligini oshirish uchun turli vaksinalarni birgalikda qo‘llash bo‘yicha sinovlar o‘tkazilmoqda.

Misol uchun, britaniyalik mutaxassislar AstraZeneca vaksinasi samaradorligi 60 foizga yaqinni tashkil qilgani sababli, uni ancha samarali bo‘lgan Pfizer vaksinasi bilan birgalikda qo‘llash imkoniyatini o‘rganishmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!