Nepallik alpinist Everestni 29 marta zabt etdi

Nepallik alpinist Everestni 29 marta zabt etdi

Nepallik alpinist Kami Rita Everestni 29 marta zabt etdi va o‘z rekordini yangiladi.

Bu haqda alpinist ishlaydigan tog‘ ekspedisiyalarini tashkil etuvchi «14 Peaks» kompaniyasi vakili ma’lum qildi.

«Bugun 07:25da Kami Rita yigirma to‘qqizinchi marta dunyodagi eng baland tog‘ni muvaffaqiyatli zabt etdi», — dedi kompaniya vakili Tashi Lakpa.

54 yoshli alpinist Kami Rita va uning gidiga 30 ga yaqin odam hamrohlik qildi. May oyining boshida ular Everest etagidagi tayanch lagerga yetib kelishdi va o‘sha paytdan boshlab toqqa chiqish uchun to‘g‘ri vaqtni kutishdi.

Kami Rita Everestni birinchi marta 1994 yilda, 24 yoshida zabt etgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!