Xitoy janubida kuchli yomg‘irlar oqibatida 38 kishi halok bo‘ldi

Xitoy janubida kuchli yomg‘irlar oqibatida 38 kishi halok bo‘ldi

Janubiy Xitoyning Guandun provinsiyasi, Meychjou shahridagi Pin’yuan okrugida kuchli yomg‘ir yog‘ishi oqibatida 38 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Xitoy markaziy televideniyesi ma’lum qildi.

Xitoy janubidagi Guandun provinsiyasining Pin’yuan okrugida sodir bo‘lgan tabiiy ofat natijasida 2,2 mingdan ortiq uy qulab tushdi, 3,2 ming uy jiddiy zarar ko‘rdi.

111 ta ko‘prik va 107 ta tayanch aloqa stansiyasi shikastlangan, 450 ta elektr ta’minoti ob’ekti ishdan chiqqan, 193 kilometr suv quvurlari vayron bo‘lgan, 86 ta elektr stansiyasi suv ostida qolgan. 6759 gektar ekinlar va 452 gektar suv xo‘jaligi zarar ko‘rdi, to‘g‘ridan-to‘g‘ri iqtisodiy yo‘qotishlar taxminan 5,85 milliard yuanga baholandi.

Umumiy hisobda Pinyuan okrugining 55 mingga yaqin aholisi tabiiy ofatdan jabr ko‘rgan.

Xitoyning janubiy viloyatlarida 16 iyundan beri kuchli yomg‘irlar davom etmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!