Voyaga yetmaganlar qamoqxonani egallab olishdi

Voyaga yetmaganlar qamoqxonani egallab olishdi

Avstraliyadagi Don Deyl nomidagi voyaga yetmagan qonunbuzarlarni saqlash markazida o‘smirlar koloniyaning ikki nafar xodimiga hujum qilishgan.

Sky News manbasining xabar berishicha, bino kichik yoshli jinoyatchilar tomonidan egallab olingan. Ular pichoqlar va yong‘in keltirib chiqaradigan xavfli moddalar bilan qurollangan. Tartibsizliklar oqibatida markaz ob’ektlaridan birida yong‘in kelib chiqqan. SBS telekanali ma’lumotiga ko‘ra, koloniyadagi tartibsizliklar kecha tunda boshlangan.

Huquq tartibot organlari xodimlari qo‘zg‘olon ko‘targan mahbuslar bilan kelishi olmadi. Endi bino qamal qilinadi.

Xs.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!