Vinisius matbuot anjumanida yig‘lab yubordi

Vinisius matbuot anjumanida yig‘lab yubordi

Braziliya terma jamoasi a’zosi Vinisius Junior Ispaniya — Braziliya o‘yinidan oldin tashkil etilgan matbuot anjumanida irqchilik borasida berilgan savolga javob berish jarayonida yig‘lab yubordi.

Braziliya terma jamoasi a’zosi Vinisius Junior Ispaniya — Braziliya o‘yinidan oldin tashkil etilgan matbuot anjumanida irqchilik borasida berilgan savolga javob berish jarayonida yig‘lab yubordi.

"Bu har kuni, har o‘yinda kuzatilayotgani achinarli. Men faqat futbol o‘ynamoqchiman. Men buni oilam va klubim uchun qilaman. Hech qachon qora tanli insonlarni rangi sababli tahqirlanishlarini istayman. Bu yurakka juda yomon ta’sir qiladi. Men irqchilik bilan nafaqat Ispaniyada balki dunyoning barcha mintaqasida to‘qnash kelmoqdaman.

Meni qo‘llab-quvvatlayotgan ispaniyalik o‘yinchilarga minnatdorchilik bildiraman. Umid qilamanki, kelajakda irqiy kamsitishlar kamayib borib, odamlar bunday holatga duch kelishmaydi", — dedi Vini.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!