Vinisius Ispaniyada 2022/23 yilgi mavsumning eng yaxshi futbolchisi deb topildi

Vinisius Ispaniyada 2022/23 yilgi mavsumning eng yaxshi futbolchisi deb topildi

Madridning “Real” klubi hujumchisi Vinisius Junior Ispaniya chempionatining 2022/23 yilgi mavsumdagi eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

Madridda Ispaniya futbolchilari assosiasiyasining (AFE) taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Futbolchi 2018 yildan buyon "Real"da o‘ynab kelmoqda. Joriy mavsumda 23 yoshli braziliyalik futbolchi jamoa safida o‘nta o‘yin o‘tkazib, 3 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Braziliyalik forvard yaqinda Madrid klubi bilan 2027 yilning 30 iyuniga qadar shartnoma imzoladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!