Kuleba Rossiya bosqinchiligi boshlanganidan beri birinchi marta Serbiyaga keldi

Kuleba Rossiya bosqinchiligi boshlanganidan beri birinchi marta Serbiyaga keldi

Ukraina tashqi ishlar vaziri Dmitriy Kuleba Rossiya bosqinchiligi boshlanganidan beri birinchi marta Serbiyaga keldi.

Serbiyada Kuleba Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich, Bosh vazir Milosh Vuchevich va boshqa yuqori martabali hukumat vakillari bilan uchrashadi.

Vuchevich, o‘z navbatida, Serbiya «xalqaro huquq va BMTga a’zo barcha davlatlarning, shu jumladan Ukrainaning hududiy yaxlitligini hurmat qilish» tarafdori ekanini ta’kidladi.

Serbiyaga Kulebadan tashqari Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyning rafiqasi Yelena ham kelgan. Aleksandr Vuchichning rafiqasi bilan birgalikda u ruhiy salomatlik bo‘yicha konferensiyani ochdi.

Associated Press agentligining qayd etishicha, Dmitriy Kuleba va Yelena Zelenskayaning Belgradga kutilmagan tashrifi ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlar iliqlashganidan dalolat beradi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!