Shirin shahrida tadbirkor manfaatlariga 715,5 mln so‘m zarar yetkazilganligi aniqlandi

Shirin shahrida tadbirkor manfaatlariga 715,5 mln so‘m zarar yetkazilganligi aniqlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Shirin shahar bo‘limi tomonidan “O’.” AJ Sirdaryo viloyat filialining murojaatiga asosan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “B.A.” MCHJ sobiq mansabdor shaxslari lizing shartnomasi asosida MCHJga yetkazib berilgan 1 dona “TTZ-811” rusumli traktorini boshqa shaxslarga sotib yuborilganligi, shuningdek 9 dona “TTZ-811” rusumli traktorga shikast yetkazib, “O.” AJ manfaatlariga 715,5 mln so‘m zarar yetkazganliklari aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!