O‘zbekiston xotin-qizlarning zamonaviy fanlarga qiziqishini oshirish borasida namuna bo‘lmoqda — Ayumi Mur Aoki

O‘zbekiston xotin-qizlarning zamonaviy fanlarga qiziqishini oshirish borasida namuna bo‘lmoqda — Ayumi Mur Aoki

Samarqandda bo‘lib o‘tayotgan Osiyo xotin-qizlar forumida ishtirok etayotgan «Woman in Tech» xalqaro tashkiloti asoschisi Ayumi Mur Aoki O‘zbekiston innovasiyalar va yangilikka moslashuvchanlik, ochiqlik bo‘yicha butun Markaziy Osiyoda namuna hisoblanishini ta’kidladi.

— O‘zbekiston barcha yangi tashabbus va innovasiyalarni o‘zida qo‘llamoqda. O‘z navbatida biz ham bu jarayonning bir qismiga aylanish, jamiyatda xotin-qizlarning zamonaviy fanlarga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirishni qo‘llab-quvvatlaymiz.

Xalqaro «Woman in Tech» tashkilotining Markaziy Osiyo davlatlari ichida birinchi bo‘lib O‘zbekistonda o‘z faoliyatini yo‘lga qo‘ygani ham xalqaro miqyosdagi qiziqishning ko‘rinishi deb o‘ylayman. O‘zbekiston innovasiyalar va yangilikka moslashuvchanlik, ochiqlik bo‘yicha butun Markaziy Osiyoning namunasi deb hisoblayman", dedi u.

Shuningdek, Ayumi Mur Aoki «Osiyo xotin-qizlar forumi"da ishtirok etayotganligidan va O‘zbekiston hukumatining ayol-qizlarga bo‘lgan e’tiboriga guvoh bo‘lganidan mamnun ekanligini bildirdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!