Viktoriya sharsharasining suvi rekord darajada kamaydi

Viktoriya sharsharasining suvi rekord darajada kamaydi

Afrikadagi dunyoga mashhur Viktoriya sharsharasining suvi rekord darajada ozayib ketdi, deb xabar bermoqda The Guardian.

Millionlab turistlarni Zambiya va Zimbabvega jalb etadigan sharshara kuchli qurg‘oqchilik sababli ingichka irmoqqa aylandi.

Odatda, qurg‘oqchilik davrida Viktoriya sharsharasining suvi ozayadi, lekin bu yilgi ozayish rekord darajaga yetdi.

Afrika janubi sharqidagi qurg‘oqchilik hosilni nobud qilgani sababli 45 mln kishi chetdan oziq-ovqat yetkazilishiga ehtiyoj sezmoqda.

Zimbabve va Zambiya elektr energiyasida uzilishlar kuzatilmoqda. 

Ekspertlar iqlim o‘zgarishi Viktoriya sharsharasini butunlay yo‘q qilib yuborishidan tashvishlanmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!