Vazn toifasidan qat’i nazar jahonning eng yaxshi bokschisi aniqlandi

Vazn toifasidan qat’i nazar jahonning eng yaxshi bokschisi aniqlandi

Professional boksning o‘rta vazn toifasida WBC va WBA yo‘nalishlari chempioni Saul Alvares dunyoga mashhur hisoblangan “The Ring” jurnali ta’sis etgan ikkita chempionlik kamarini qo‘lga kiritdi.

Ushbu tantanali marosim AQShning Los-Anjeles shahrida bo‘lib o‘tdi. Meksikalik jahon chempioni “The Ring” kamaridan tashqari vazn toifasidan qat’i nazar eng kuchli bokschiga atalgan “The Ring Pound-For-Pound” kamariga ham ega bo‘ldi.

“The Ring” chempionlik kamari bir necha yildan beri topshirilib kelinadi. Ilk bor Jek Dempsi ushbu kamar sohibiga aylangan. O‘z davrining barcha afsonaviy chempionlari “The Ring” kamarini qo‘lga kiritgan.

“The Ring Pound-For-Pound” chempionlik kamari esa 1993 yilda ta’sis etilgan bo‘lib, uning ilk sohibi Pernell Uitaker bo‘lgan.

Ta’kidlash joizki, Oskar De La Xoyya, Roy Jons, Bernard Xopkins singari afsonalar ham mazkur ikki sovringa sazovor bo‘lgan.

Avvalroq, Saul Alvares DAZN video xizmati bilan sport tarixidagi eng qimmat shartnomani imzolagani haqida xabar bergan edik.

Manba: qalampir. com


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!