Vazirlar Mahkamasining yuridik ta’minlash tartibiga o‘zgartirish kiritildi

Vazirlar Mahkamasining yuridik ta’minlash tartibiga o‘zgartirish kiritildi

Ma’lum bo‘lishicha, hujjat Prezidentning «Vazirlar Mahkamasi faoliyatini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida qabul qilingan.

Qayd etilishicha, nizomda Yuridik ta’minlash boshqarmasi funksiyalari qonun hujjatlari ijrosini samarali tashkil qilish hamda ijro intizomini mustahkamlash bo‘yicha choralar ko‘rishda ishtirok etish bilan to‘ldirilgan. Bunda Yuridik ta’minlash boshqarmasi Adliya vazirligi bilan birgalikda huquqni muhofaza qiluvchi va ijro etuvchi organlar tomonidan hujjatlar va topshiriqlar ijrosi bo‘yicha ma’lumotlarni tahlil qiladi va belgilangan tartibda hukumatga kiritilishini ta’minlaydi.

Shuningdek, boshqarmaning normativ-huquqiy hujjatlarni tayyorlash sohasidagi funksiyalarining yangi tahriri keltirilgan. Xususan, boshqarma:

normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarning va qabul qilingan normativ hujjatlarning tartibga solish ta’sirini baholashni amalga oshiradi;
qabul qilingan normativ hujjatlarni tartibga solish ta’sirini baholashdan o‘tkazish rejasi ishlab chiqilishi, jamoatchilik muhokamasidan o‘tkazilishi va tasdiqlanishini tashkillashtiradi;
huquqni qo‘llash amaliyoti va ilg‘or xorijiy tajribadan kelib chiqqan holda normativ-huquqiy hujjatlarni tayyorlashning barcha bosqichlarida tartibga solish ta’sirini baholash tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha asoslantirilgan takliflar tayyorlaydi va boshqalar.
Avvalroq Vazirlar Mahkamasi faoliyatiga qator o‘zgartirishlar kiritilgani ma’lum qilingan. Shuningdek, O‘zbekistonda amaldagi Mehnat kodeksiga o‘zgartirish kiritilishi xabar qilingan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!