Valyuta qimmatliklarining noqonuniy muomalaga kiritilishining oldi olindi

Valyuta qimmatliklarining noqonuniy muomalaga kiritilishining oldi olindi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamenting Yangiobod tuman bo‘limi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda valyuta ayirboshlash bilan shug‘ullanib kelgan O.YU. jami 4 000 AQSh dollarini fuqaro B.D.ga 50 mln so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shu kabi, Departament hamda IIVning Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda valyuta ayirboshlash bilan shug‘ullanib kelgan fuqaro D.R. jami 4 000 AQSh dollarini fuqaro M.D.ga 49,7 mln so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Xuddi shunday, Departamentning Farg‘ona viloyat boshqarmasi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda Farg‘ona shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbirda valyuta ayirboshlash bilan shug‘ullanib kelgan S.N. jami 3 600 AQSh dollarini fuqaro O.A.ga 44,9 mln so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Departamentning To‘rtko‘l tuman bo‘limi tomonidan IIV xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda esa, valyuta ayirboshlash bilan shug‘ullanib kelgan fuqaro M.S. jami 3 500 AQSh dollarini fuqaro H.I.dan 43,5 mln so‘mga sotib olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!