O‘zbekistonda yana 180 dan ortiq odam koronavirus yuqtirdi

O‘zbekistonda yana 180 dan ortiq odam koronavirus yuqtirdi

2020 yil 9 iyul soat 17:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 11 447 (+188) nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining 104 nafari Karantin markazidagi fuqarolar (barchasi xorijdan kelgan) orasida, 56 nafari Toshkent shahrida (barchasi aholi orasida), 4 nafari Samarqand viloyatida (barchasi koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida), 24 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida (shundan 14 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 10 nafari aholi orasida) aniqlangan.

Bugun poytaxtimizdagi Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 22 nafar bemor tuzaldi.

Shunday qilib, yurtimizda ayni paytgacha 7 082 nafar (+22)  koronavirus infeksiyasiga chalingan ( 62 foiz) fuqarolar sog‘aygan. 

Hozirda mamlakatimizda 4 316 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. 

Sog‘liqni saqlash vazirligi 
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!