O‘zbekistonda o‘tkazilayotgan harbiy tayyorgarlik mashqlari Afg‘onistondagi vaziyatga bog‘liqmi?

O‘zbekistonda o‘tkazilayotgan harbiy tayyorgarlik mashqlari Afg‘onistondagi vaziyatga bog‘liqmi?

Xabaringiz bor, ayni damda Mudofaa vaziri barcha kuch tuzilmalarining jangovar shayligini sinovdan o‘tkazmoqda. Bu esa ayrim xorijiy saytlarda Afg‘onistondagi vaziyatga bog‘liqligi borasidagi xabarlarning tarqalishiga va aholi orasida turli vahimalarning paydo bo‘lishiga olib keldi. Xo‘sh, xorij saytlari bong urayotgan bu xabarlar qanchalik asosli?

Ushbu savolga javob olish uchun Mudofaa vazirligi matbuot xizmati bilan bog‘landik.

— Ayni damda xorij saytlarining bu kabi xabarlarini biz ham ko‘rib, kuzatib boryapmiz. Bir narsani ta’kidlashni istardimki, bunday xabarlar o‘quvchilarni o‘zlarini o‘qishga qiziqtirishga bo‘lgan urinishlari, xolos. Chunki bu kabi harbiy jangovorlik mashqlarini o‘tkazish vazirlik tizimida oldindan rejalashtiriladi. Aynan navbatdagi mashg‘ulotlarning Afg‘onistondagi qaltis vaziyatga to‘g‘ri kelganligi esa xorij OAVda turli, yuqoridagi xabarlarning tarqalishiga asos bo‘ldi. Aslida esa, bunday vahimalarga o‘rin yo‘q. Negaki O‘zbekistonda, balki dunyonig boshqa davlatlari ham bu kabi harbiy jangovorlik mashqlari tez-tez o‘tkazilib turiladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!