O‘zbekistonda pensiya miqdori yangi yildan ikki barobar oshiriladimi?

O‘zbekistonda pensiya miqdori yangi yildan ikki barobar oshiriladimi?

Ijtimoiy tarmoqlarda pensiya miqdorining ikki barobar oshirilishi haqida xabar tarqaldi. Ushbu xabarlarga Pensiya jamg‘armasi munosabat bildirdi.

«Bu – yolg‘on! Pensiya miqdorini qayta hisoblash O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni e’lon qilingandan so‘ng amalga oshiriladi va bu haqda jamg‘armaning rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi

Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilaridan bu kabi soxta xabarlarga ishonmaslikni, rasmiy manbalarga tayanib ma’lumot olishni so‘raydi va aholi o‘rtasida yolg‘on axborot tarqatganlik uchun javobgarlik mavjudligini eslatadi», deyiladi xabarda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!