O‘zbekiston, Eron va Turkmaniston yuk tashish tartibini soddalashtiradi

O‘zbekiston, Eron va Turkmaniston yuk tashish tartibini soddalashtiradi

O‘zbekiston transport vaziri Ilhom Mahkamov Turkmaniston va Erondan bo‘lgan hamkasblari bilan xalqaro yuk tashish tartibini soddalashtirishga kelishib oldi.

Transport vazirligi xabariga ko‘ra, yuk tashuvlarida o‘zaro imtiyozlar taqdim etish va milliy tashuvchilarga qulayliklar yaratishga oid muzokaralar Turkmanistondagi xalqaro anjuman doirasida bo‘lib o‘tgan.

Turkmaniston tomoni bilan O‘zbekiston–Turkmaniston–Eron xalqaro transport va tranzit yo‘lagi orqali yuklarni Turkiyaga (Van ko‘li orqali) intermodal tashuvlarlarini tashkil etishga kelishib olingan.

Bundan tashqari, avtomobil tashuvlarida undiriladigan yig‘imlarni qisqartirish, o‘zbekistonlik haydovchilarga Turkmaniston vizasini olish tartibini soddalashtirish bo‘yicha kelishuvga erishilgan.

Eron bilan ham yig‘im va to‘lovlar miqdorini kamaytirishga kelishib olingan. Tez orada "Chobahor" portidan O‘zbekistonga pilot yuk avtomobil tashuvlari tashkil etiladi. O‘zbekiston orqali Xitoy-Evropa transport yo‘nalishida tashuvlarni rivojlantirish maqsadida Turkiyaning Van ko‘li orqali tashuvlar sxemasi hamkorlikda ishlab chiqiladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!