“O‘zagroinspeksiya” tomonidan 10 ta modulni o‘z ichiga olgan “Uzagroin.uz” yagona axborot tizimi ishlab chiqildi

“O‘zagroinspeksiya” tomonidan 10 ta modulni o‘z ichiga olgan  “Uzagroin.uz” yagona axborot tizimi ishlab chiqildi

Bu haqda AOKAda "O‘zagroinspeksiya" rahbariyati ishtirokida o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma’lumot berildi.

✔️Jismoniy va yuridik shaxslarga “O‘zagroinspeksiya” tomonidan ko‘rsatiladigan 6 turdagi davlat xizmatlaridan Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali foydalanish imkoni yaratildi.

✔️Hozirda axborot tizimi 14 ta vazirlik idoralar axborot tizimiga integrasiya qilinib, texnikalar to‘g‘risidagi ma’lumotlarga va boshqa so‘rovlarga elektron javoblar berilishi yo‘lga qo‘yildi.

✔️Qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘lari, don va uni qayta ishlashdan olingan mahsulotlar hamda paxta mahsulotlarini sertifikatlashtirish bo‘yicha xizmatlarni “agrosert.uz” domeni ostida onlayn platforma orqali ko‘rsatish yo‘lga qo‘yiladi.

✔️Inspeksiya tomonidan Respublikaga chetdan kirib keladigan urug‘liklarning tarkibida geni o‘zgartirilgan organizmlar (GMO)ning mavjudligini o‘rganib boriladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!