O‘yin vaqtida behayo qo‘g‘irchoqlardan foydalangan futbol klubi jarimaga tortildi

O‘yin vaqtida behayo qo‘g‘irchoqlardan foydalangan futbol klubi jarimaga tortildi

Janubiy Koreyaning “Seul” klubi tribunalarda tomoshabinlar o‘rnida behayo qo‘g‘irchoqlarni joylashtirgani uchun 100 million von (81 454 dollar) jarimaga tortildi. Reuters ma’lum qilishicha, bu haqda mamlakat chempionati intizom qo‘mitasi qaror chiqardi.

Chempionat may boshida qayta tiklangandi, biroq o‘yinlar tomoshabinlarsiz sharti bilan o‘tkazilyapti. 17 may kuni “Seul” klubi o‘z maydonida “Kvanju” jamoasini qabul qildi. Tribunalarni to‘ldirish uchun klub rahbariyati niqoblarda manekenlarni o‘tkazib, bannerlarni ilib qo‘ydi.  

Keyinchalik televizorda o‘yinni kuzatgan muxlislar manekenlar behayo qo‘g‘irchoqlarga o‘xshashini payqab qolishdi. Plakatlarda esa ana shunday qo‘g‘irchoqlarni sotadigan do‘konlar nomlari yozilgan ekan.  

“Intizom qo‘mitasi hodisaning jiddiyligini inobatga olib, keskin choralarni ko‘rdi. Manekenlardan foydalanish fanat va ularning oila a’zolarini haqorat qildi. Umid qilamizki, kelgusida bunday noxush holatlarning oldi olinadi”, — deyilgan xabarda.

Kuni kecha "Seul" klubi rahbariyati yuz bergan voqea uchun uzr so‘radi. Bayonotda qayd etilishicha, ular buyurtma qilgan mahsulotlar kattalar uchun mo‘ljallangan tovarlar toifasiga kirishi haqida xabardor bo‘lmagan.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!