O‘xshamadi! Turkmanistonda faoliyatini boshlagan ijtimoiy tarmoq uch kun o‘tib yopildi (foto)

O‘xshamadi! Turkmanistonda faoliyatini boshlagan ijtimoiy tarmoq uch kun o‘tib yopildi (foto)

Turkmanistonning Biz byarde deb nomlangan ijtimoiy tarmog‘i 23 dekabr kuni ishga tushgan edi. 26 dekabrdan beri texnik sabablarga ko‘ra tarmoq yopib qo‘yilgan. Biroq shunday bo‘lsa-da, uni ochish uchun harakatlar bo‘layotgani aytilmoqda. Bu haqda turon24 xabar bergan.

Turkmenportal ning yozishicha, Biz byarde Turkmanistonning ilk ijtimoiy tarmog‘i emas. 2013 yilda Arzuw tarmog‘i, 2015 yilda Yashlyk.com va Imenami.tm ijtimoiy tarmoqlari yaratilgan. Biroq ayni paytda ularning hech biri ishlamaydi.

Biz byarde ning yaratuvchisi yosh qo‘shiqchilarga prodyuserlik qiladigan Sungat eseri kompaniyasi rahbari Eziz Beknazarovdir. Bugunga qadar ijtimoiy tarmoqning Android versiyasini 5 mingdan ortiq odam yuklab olishga ulgurgan.

Bu ishimiz foydalanuvchilarga yoqishi uchun uzoq ishladik va uni tayyorlash jarayonida bir qator muammolarga duch keldik. Biz byarde ni mukammal deb ayta olmaymiz, lekin Turkmanistondagi mashhur saytlardan qolishmaydi , degan Eziz Beknazarov.

Bundan biroz avval Turkmanistondagi barcha mashhur ijtimoiy tarmoqlar Facebook , Twitter , Instagram , Odnoklassniki va Vkontakte hech bir izohsiz bloklangan edi. Fergana agentligi ushbu tarmoqlar foydalanuvchilari qaytadan ro‘yxatdan o‘tsa, davlat ishlariga molik masalada tanqidiy izoh yozsa yoki layk bossa polisiyaga chaqirilishi haqida aytgan edi.

27 dekabr kuni Qirg‘izistonning mashhur aktyori Zarilbek Alikenov Xitoy fuqarosini tanqid qilgani uchun polisiyaga chaqirilgan. Alikenov o‘zining Instagram dagi sahifasiga Xitoydagi etnik qirg‘izlar qiynoqda yashayotgani aytilgan video joylashtirgan.

Unda Xitoyga oltin va temir sotishni to‘xtatish hamda Xitoy fuqarolarini Qirg‘izistonga kiritmaslik takliflari bildirilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!